Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston 2027 yilgacha TAPI orqali Afg‘onistonga gaz yetkazib berishni rejalashtirmoqda
Turkmaniston - Afg‘oniston - Pokiston - Hindiston (TAPI) gaz quvuri Turkmanistonning «Galqinish» konidan yiliga 33 milliard kub metrgacha gaz tashishga mo‘ljallangan.
Foto: Turkmenportal
Turkmaniston 2027 yil boshiga qadar «Turkmaniston - Afg‘oniston - Pokiston - Hindiston» (TAPI) gaz quvuri orqali Afg‘onistonga tabiiy gaz yetkazib berishni boshlamoqchi. Bu haqda TAPI Pipeline Company Limited bosh direktori Muhammadmurot Amanov «Turkmaniston neft va gazi - 2025» xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasida ma’lum qildi.
«Afg‘onistondagi quvur uchastkasiga kelsak <...> Bizning rejamiz, maqsadimiz - keyingi yil oxirigacha qurilish ishlarini yakunlash va kelgusi yil oxirida yoki 2027 yil boshida gaz yetkazib berishni boshlash», dedi Amanov.
Shuningdek, u loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asosiy kelishuvlarni imzolash bo‘yicha Pokiston bilan muzokaralar jarayoni haqida ma’lumot berdi.
«Biz Pokistonning kelajakdagi sarmoyalarni himoya qiladigan va investorlar va moliya institutlariga, masalan, barcha hukumat idoralari, gaz tashish agentliklari va boshqa zarur kelishuvlarga ishonch bag‘ishlaydigan asosiy kelishuvlarni imzolashda ishtirok etishi ustida ishlayapmiz», dedi u.
Amanov so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar yakunlanish arafasida - ishlarning 90 foizdan ortig‘i bajarilgan. Ushbu bosqichni 2026 yilning birinchi yarmida yakunlash rejalashtirilgan.
Turkmaniston - Afg‘oniston - Pokiston - Hindiston (TAPI) gaz quvuri Turkmanistonning «Galqinish» konidan yiliga 33 milliard kub metrgacha gaz tashishga mo‘ljallangan. Loyihaga ko‘ra, Afg‘onistonga 5 mlrd kub metr, Pokiston va Hindistonga 14 mlrd kub metrdan yetkazib beriladi.
Bugungi kunda gaz quvurining 214 km uzunlikdagi Turkmaniston uchastkasi qurilishi yakunlandi. 2024 yil sentabr oyida uzunligi 153 km bo‘lgan Afg‘onistonning Sarhadobod - Hirot uchastkasini qurish ishlari boshlandi.
Mavzuga oid
14:51 / 18.12.2025
Afg‘oniston yetakchi: O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni keskin oshdi
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025