Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzamahmudov: Agrar universitetdagi yong‘inga quyosh panellari sabab bo‘lmagan
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Agrar universitetdagi yong‘inga “tomdagi quyosh panellari sabab” degan gap-so‘zlarni inkor etdi: hodisa vaqtida panellar elektr energiyasini ishlab chiqarmayotgan, olov natijasida yorug‘likdan keyingi generatsiya esa invertor yozuvlarida qayd etilgani bilan isbotlangan.
Foto: Kun.uz
Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, aholi o‘rtasida quyosh panellari xavfsizligiga oid asossiz targ‘ibotlar uchrab turibdi. Uning ta’kidiga ko‘ra, Agrar universitetdagi yong‘in bo‘yicha “tomdagi quyosh panellari sabab bo‘lgan” degan mish-mishlar ham tekshiruvlarda tasdiqlanmagan.
“Aslida yong‘in yuzaga kelgan paytda quyosh panellari ishlamayotgan, ya’ni elektr energiyasini generatsiya qilmayotgan bo‘lgan. Ammo olov natijasida yorug‘lik paydo bo‘lganidan keyingina panellarda generatsiya kuzatilgan — bularning hammasi invertorda qayd etilgan. Biz tergov va so‘roq jarayonida barcha ma’lumotlarni ko‘rsatganimizdan keyin, tushunishdi”, — dedi vazir.
Ma’lumot uchun: 2024 yil 30 sentabr kuni Agrar universiteti binosida ro‘y bergan yong‘in 15 ta ekipaj jalb etilgan holda 2 soat davomida o‘chirilgan edi.
Mavzuga oid
12:09 / 12.12.2025
Farg‘ona vodiysida «metan zapravka»lar o‘chib qolsa, ko‘chma konteynerlar orqali gaz yetkazib beriladi – energetika vaziri
12:38 / 08.12.2025
Toshkentda yong‘in va zilzila bo‘yicha amaliy-taktik mashqlar o‘tkaziladi
13:23 / 06.12.2025
Poytaxt bozorlarida yong‘in va gaz xavfsizligi yuzasidan kuchaytirilgan tekshiruvlar o‘tkazildi
21:40 / 03.12.2025