Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulkda ishonchli boshqarish bo‘yicha milliy standart yo‘lga qo‘yildi
Adliya vazirligi ro‘yxatdan o‘tkazgan “O‘zbekiston Respublikasi Riyeltorlik xizmatlarining milliy standarti (4-son RXMS) - “Ko‘chmas mulk obektlarini ishonchli boshqarish” riyeltorlik tashkilotlari tomonidan mulkdor manfaatlarini inobatga olgan holda ko‘chmas mulkni professional boshqarish tartibini belgilaydi.
Foto: Getty images
Yangi standartga ko‘ra, riyeltorlik tashkilotlari quyidagi xizmatlarni professional asosda amalga oshiradi: ko‘chmas mulk obektlarini boshqarish, ijaraga berish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, daromad-xarajatlar harakatini rejalashtirish va boshqarish.
RXMS-4 bilan belgilangan asosiy mezonlar:
tashkiliy jihatlar: ishonchli boshqarishni yo‘lga qo‘yish tartibi, boshqaruv rejalari va hisobdorlik;
huquq va majburiyatlar: ishonchli boshqaruvchi hamda mulkdor o‘rtasidagi munosabatlar, vakolat va javobgarlik;
shartnoma talablari: ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish, xizmat hajmi va to‘lov shartlari;
shaffoflik va samaradorlik: moliyaviy oshkoralik, monitoring, hisobot va risk-menejment talablari.
Ma’lumotga ko‘ra, standart jismoniy va yuridik shaxslar uchun ko‘chmas mulkdan samarali foydalanish, barqaror daromad olish hamda aktiv qiymatini oshirish imkoniyatlarini yaratadi.
Mavzuga oid
08:47 / 19.03.2026
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tartibi belgilanmoqda
10:16 / 18.03.2026
Ko‘chmas mulk bozorida faollik oshdi, narxlar mo‘’tadil o‘smoqda
12:18 / 17.03.2026
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori: narxlar qanday o‘zgaryapti?
17:30 / 06.03.2026