Yangi standartga ko‘ra, riyeltorlik tashkilotlari quyidagi xizmatlarni professional asosda amalga oshiradi: ko‘chmas mulk obektlarini boshqarish, ijaraga berish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, daromad-xarajatlar harakatini rejalashtirish va boshqarish.

RXMS-4 bilan belgilangan asosiy mezonlar:

tashkiliy jihatlar: ishonchli boshqarishni yo‘lga qo‘yish tartibi, boshqaruv rejalari va hisobdorlik;
huquq va majburiyatlar: ishonchli boshqaruvchi hamda mulkdor o‘rtasidagi munosabatlar, vakolat va javobgarlik;
shartnoma talablari: ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish, xizmat hajmi va to‘lov shartlari;
shaffoflik va samaradorlik: moliyaviy oshkoralik, monitoring, hisobot va risk-menejment talablari.

Ma’lumotga ko‘ra, standart jismoniy va yuridik shaxslar uchun ko‘chmas mulkdan samarali foydalanish, barqaror daromad olish hamda aktiv qiymatini oshirish imkoniyatlarini yaratadi.