Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya Rossiyaning “muzlatilgan” pullarini Kiyevga berish uchun uchta shart qo‘ydi – OAV
YeK raisi Ursula fon der Lyayyen ushbu shartlarni bajarishga tayyorligini bildirgan, biroq Belgiya bosh vaziri Bart de Vever Yevroittifoqning boshqa mamlakatlari ham buni tasdiqlashini talab qilmoqda.
Foto: Reuters
Belgiya Rossiya aktivlarini Ukrainaga kredit tarzida berish uchta shart bajarilganida amalga oshishi mumkinligini bildirdi, deb yozadi Suddeutsche Zeitung Belgiya bosh vaziri Bart de Veverning maktubiga tayanib.
"U uchta shart bajarilishini talab qilmoqda. Birinchisi, YeI mamlakatlari kredit bo‘yicha “yuridik jihatdan majburiy, hech qanday shartlarsiz, qaytib olinmaydigan” kafolatlar berishi kerak. Ikkinchisi, de Vever nizolarni hal etish jarayonlari bilan bog‘liq barcha xatarlar YeIdagi hamkorlar o‘rtasida teng taqsimlanishini xohlayapti", — deyiladi gazeta xabarida.
Nashrning yozishicha, uchinchi shartga ko‘ra, dasturda Rossiya davlat aktivlari mavjud bo‘lgan YeIning barcha a’zolari qatnashishi kerak.
Xabar qilinishicha, YeK raisi Ursula fon der Lyayyen ushbu shartlarni bajarishga tayyorligini bildirgan, biroq Belgiya bosh vaziri Yevroittifoqning boshqa mamlakatlari ham buni tasdiqlashini talab qilmoqda.
Bart de Vever juma kuni Yevrokomissiyaga jo‘natgan maktubida Rossiya aktivlaridan foydalanish rejasini shoshqaloqlik bilan amalga oshirish ehtimoliy tinchlik kelishuvi imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarishi haqida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
22:15 / 12.12.2025
Putinni hibsga olishga order bergan XJS sudyasi Rossiyada sirtdan hukm qilindi
16:01 / 12.12.2025
Duma “chet elda yashirinib yurganlar” uchun cheklovlar tayyorlamoqda
15:29 / 12.12.2025
NATO bosh kotibi Mark Ryutte: “Rossiyaning navbatdagi maqsadi - biz”
14:31 / 12.12.2025