Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞ – Rossiya muzokaralari
2 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ rasmiylari bilan Ukraina uruşini tugatiş böyiça muzokaralar ötkazdi. Donald Trampning eng yuqori darajadagi elçilari qatnaşgan, beş soat davom etgan Kremldagi uçraşuvdan keyin kelişuvga erişilmadi.
Tramp muzokaralarga maxsus elçisi Stiv Uitkoff hamda kuyovi Jared Kuşnerni yuborgan edi. Yarim keçagaça davom etgan muzokaralardan söng Putinning maslahatçisi Yuriy Uşakov «hali kompromiss topilmaganini» aytdi.
«Köp işlar hali oldinda turibdi», dedi Uşakov jurnalistlarga. Uning aytişiça, Putin AQŞning ayrim takliflariga salbiy munosabat bildirgan. Uşakov şuningdek, Putin va Tramp örtasida uçraşuv hozirça rejalaştirilmayotganini qöşimça qildi, biroq muzokaralar konstruktiv bölganini aytdi.
Uşakov Putin Trampga bir qator muhim signallar va salomlar yöllagani, biroq tomonlar tafsilotlarni matbuotga oşkor qilmaslikka kelişganini bildirdi. Ular «hududiy muammo»ni ham muhokama qilgan.
Donald Tramp esa uruşni tugatiş oson bölmasligini aytdi.
«Bizning odamlar hozir Rossiyada — vaziyatni hal qila olamizmi, köramiz. Oson masala emas, sizga aytsam. Qanday tartibsizlik...» dedi u. AQŞ yetakçisi uruşda har oy – 25 mingdan 30 minggaça qurbonlar bölayotganini qöşimça qildi.
Volodimir Zelenskiy ham hammasi Moskvadagi muzokaralarga boğliq bölişini, biroq AQŞ tinçlik jarayoniga qiziqişni yöqotişidan qörqayotganini aytdi.
«Muhim jihat şuki, hammasi adolatli va oşkora bölsin, Ukrainaning orqasidan heç qanday öyinlar bölmasin», dedi u.
AQŞda migratsion çeklovlar kuçga kirdi
2 dekabr kuni AQŞ prezidenti administratsiyasi — 19 mamlakatdan kelgan muhojirlar tomonidan topşirilgan immigratsiya arizalarini, jumladan, «green card» va AQŞ fuqaroligini oliş jarayonini töxtatdi.
Uşbu pauza iyun oyida qisman sayohat taqiqi qöllangan 19 mamlakat fuqarolariga tegişli bölib, immigratsiyaga bölgan çeklovlarni yanada kuçaytiradi. Immigratsiyani çeklaş — prezident Donald Tramp siyosiy platformasining asosiy qismidir.











