Jahon | 21:07 / 08.12.2025
885
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston YeXHTni irqchilik va ksenofobiyaga qarshi kurashishga chaqirdi

To‘qqiz mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari, shu jumladan O‘zbekiston ham «irqchilik va ksenofobiya ruhidagi turli ekstremistik harakatlar va mafkuralarning, shu jumladan, tarafdorlari milliy yoki irqiy ustunlik g‘oyalarini himoya qiladigan neonatsizmning tarqalayotganini» qayd etdi.

Foto: OSCE

Rossiya, Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotini (YeXHT) natsizm va ksenofobiya ko‘rinishlariga qarshi kurashishga chaqirdi. Bu haqda Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan berilgan bayonotda (.pdf) aytiladi.

«Biz irqiy ustunlik g‘oyalarining tarqalishi, irqchilik, ksenofobiya va ular bilan bog‘liq kamsitish ko‘rinishlariga qarshi kurashish uchun EXHT barcha imkoniyatlaridan foydalanish zarur, deb hisoblaymiz. Biz amaldagi YeXHT raisligini, shuningdek, YeXHT ijro etuvchi tuzilmalari rahbarlarini neonatsizm, natsistlar va ularning sheriklarini qahramonlashtirish va reabilitatsiya qilish holatlariga munosib baho berishga chaqiramiz», deyiladi tashkilot TIV rahbarlari kengashida.

To‘qqiz mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari «irqchilik va ksenofobiya ruhidagi turli ekstremistik harakatlar va mafkuralarning, shu jumladan, tarafdorlari milliy yoki irqiy ustunlik g‘oyalarini himoya qiladigan neonatsizmning tarqalayotganini» qayd etdi.

Ular «natsistlar harakatini qahramonlashtirish, sobiq Vaffen-SS a’zolari va ularning sheriklarini reabilitatsiya qilish, ular tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarni inkor etishga qaratilgan faoliyatga qat’iy chek qo‘yish niyatini» bildirdi va Ikkinchi jahon urushining tarixiy xotirasini saqlab qolish va neonatsizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish uchun xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirishni taklif qildilar.

Mavzuga oid