Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan va Andijonda eng ko‘p yangi talaba o‘rinlari tashkil etildi
2025 yilning yanvar–sentabr oylari davomida mamlakat oliy ta’lim muassasalarida jami 5 100 ta yangi talaba o‘rni foydalanishga topshirilgan bo‘lib, ularning eng katta qismi Namangan va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi tashkil etilgan talaba o‘rinlari hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 300 ta;
- Andijon viloyati – 1 800 ta;
- Namangan viloyati – 2 000 ta;
- Samarqand viloyati – 1 000 ta.
Shu tarzda, Namangan viloyati (2 000 ta) va Andijon viloyati (1 800 ta) yangi talaba o‘rinlari soni bo‘yicha yetakchi hududlar sifatida qayd etilmoqda. Bu esa mazkur viloyatlarda oliy ta’lim infratuzilmasini kengaytirish, talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish va yoshlarning yuksak malakali ta’lim olish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
15:51 / 12.03.2026
O‘zbekiston eksportida poytaxt ulushi eng yuqori bo‘ldi
12:27 / 12.03.2026
Toshkentda ijara haqi sabab talabalar va ijarachi o‘rtasida janjal yuz berdi
09:02 / 12.03.2026
O‘zbekistonda xorijiy korxonalar asosan savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
14:40 / 11.03.2026