Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston avtobus va mikroavtobus importini deyarli uch barobarga oshirdi
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonga keltirilgan avtobus va mikroavtobuslar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli uch barobarga ko‘paygan.
Foto: Toshshaxartransxizmat
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 10 oyida 9 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 126,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan jami 1 491 dona avtobus va mikroavtobuslar import qilingan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 974 donaga ko‘p bo‘lib, import hajmi 2,9 barobarga oshgani qayd etilgan.
2025 yil yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonga eng ko‘p avtobus va mikroavtobus yetkazib bergan davlatlar quyidagicha bo‘ldi:
- Xitoy – 1 354 dona;
- Rossiya – 87 dona;
- BAA – 22 dona;
- Germaniya – 8 dona;
- boshqa davlatlar – 20 dona.
Import hajmining bunday sur’atda o‘sishi respublikada jamoat transporti parklarini yangilash va kengaytirish ishlari faol davom etayotganini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
15:40 / 07.02.2026
40 yoshdan keyin ota bo‘lganlar ulushi 7 foiz - statistika
13:53 / 07.02.2026
O‘zbekistonliklar ta’limga 39 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi
10:31 / 07.02.2026
Yanvarda inflatsiyaga eng ko‘p meva-sabzavot narxlari ta’sir qildi
12:27 / 06.02.2026