Uzbekistan | 10:07 / 18.12.2025
2270
1 daqiqa o‘qiladi

Inversiya hodisasi: qorli kunlarda ham havo sifati yomonlashishi mumkin

Qor yog‘ayotgan bo‘lsa-da, havo har doim ham toza bo‘lavermaydi. Sovuq kunlarda inversiya hodisasi yuzaga kelib, ifloslantiruvchi moddalar past qatlamda to‘planib qolishi mumkin, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Foto: Kun.uz

Mutaxassislar tushuntirishicha, sovuq havo sharoitida atmosfera zichlashadi va inversiya hodisasi kuzatiladi. Bunday paytda havodagi ifloslantiruvchi moddalar yuqoriga ko‘tarilib tarqalmaydi, aksincha yerga yaqin qatlamda yig‘ilib qoladi. Natijada mayda dispers zarrachalar — PM2,5 miqdori oshishi ehtimoli paydo bo‘ladi.

Shu sababli qor yog‘ayotgan kunlari ham havo sifati yomonlashishi mumkinligini inobatga olish, ehtiyot choralariga amal qilish va havo sifati ko‘rsatkichlarini muntazam kuzatib borish tavsiya etildi.

Shuningdek, ayni damda respublika bo‘ylab datchiklar va stansiyalar ma’lumotlari texnik sabablarga ko‘ra IQAir portalida aks etmayotgani ma’lum qilindi. O‘zgidrometning respublika bo‘ylab o‘rnatilgan 23 ta stansiya ma’lumotlarini real vaqt rejimida quyidagi manzil orqali onlayn kuzatish mumkin: https://monitoring.meteo.uz/uz.

Mavzuga oid