Tezkor tadbir Toşkent viloyatida joylaşgan “Navoiy” çegara bojxona postida amalga oşirildi. Qozoğistondan kirib kelgan, Buxoro şahrida yaşovçi 2000 yilda tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi “Lada Largus” avtomaşinasi belgilangan tartibda körikdan ötkazilgan.

Tekşiruv davomida transport vositasi yukxonasida bölgan “Gazel” avtomaşinasi uçun möljallangan uzatmalar qutisi içiga xufiyona yaşirilgan 5 dona öram aniqlandi. Öramlar umumiy oğirligi 2 kg 300 gramm bölgan “mefedron” sintetik narkotik moddasidan iborat ekani ma’lum qilindi.

Ma’lum bölişiça, “Özbekiston – Rossiya” yönalişida kirakaşlik bilan şuğullanuvçi mazkur fuqaro avtoehtiyot qismni Toşkent viloyatida kutib turgan, 2000 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan şaxsga yetkazib berişi kerak bölgan. Tezkor tadbir davom ettirilib, buyurtmani qabul qilib olgan paytda qabul qiluvçi şaxs ham qölga olindi.

Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.