O‘zbekiston | 12:19
252
1 daqiqa o‘qiladi

OTMlarda kontrakt to‘lovini to‘lash muddati uzaytirildi

O‘zbekistonda OTMlarning bakalavriat va magistratura talabalari uchun kontrakt to‘lovlarni amalga oshirish muddati 31 yanvarga qadar uzaytirildi.

Foto: Kun.uz

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026 o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 31 yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Bunda:

  • qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
  • tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin, deya eslatdi vazirlik.

Mavzuga oid