Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy hokimliklar tomonidan 386 ta hujjat asossiz yashirilgani ma’lum bo‘ldi
Yashirilgan qarorlar tashkiliy tuzilmani tasdiqlash, mablag‘ ajratish, rag‘batlantirish, lavozimga tayinlash masalalariga oid ekani aniqlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yanvar oyida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan «yashirin» yoki «xizmat doirasida foydalanish uchun» (XDFU) grifi bilan qabul qilingan qaror va farmoyishlarni o‘rgandi.
Tahlillar natijasiga ko‘ra, viloyat, tuman va shahar hokimliklari tomonidan jami 1907 ta qaror va farmoyish ushbu asoslarda qabul qilingani aniqlandi. Dastlabki o‘rganishlar jarayonida mazkur hujjatlarning 386 tasi asossiz ravishda yashirilgani ma’lum bo‘ldi
Yashirilgan qarorlarning 68 tasi tashkiliy tuzilmani tasdiqlash, 46 tasi mablag‘ ajratish, 34 tasi rag‘batlantirish, 156 tasi lavozimga tayinlash hamda 82 tasi boshqa masalalarga oid hujjatlardan iborat.
Ochiqlanmagan hujjatlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Farg‘ona (67 ta, 44 foiz), Xorazm (32 ta, 39 foiz), Buxoro (58 ta, 37 foiz), Qashqadaryo (41 ta, 26 foiz) va Samarqand (38 ta, 15 foiz) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Agentlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklariga asossiz yashirilgan 68 ta qaror va farmoyishni ochiqlash va mazkur qonunbuzilishlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli chora ko‘rish yuzasidan taqdimnomalar kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, har bir qaror va farmoyishga nisbatan belgilangan tartibda huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
09:35 / 26.01.2026
Xitoyda nufuzli generallarga qarshi tergov boshlandi
20:07 / 25.01.2026
Rustam Tursunov ham qamoqqa olingani ma’lum bo‘ldi
19:43 / 25.01.2026
General-mayor Bekmurod Abdullayev qamoqqa olingan – manba
17:45 / 24.01.2026