O‘zbekiston | 10:40
4405
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun ikki viloyatda kuchli shamol bo‘lishi mumkin

Bugun kunduz kuni Navoiy viloyati va Qashqadaryo viloyatining ayrim hududlarida shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda. Aholidan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish so‘ralmoqda.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, kunduzgi soatlarda mazkur viloyatlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha yetishi mumkin. Bunday sharoitda chang-to‘zon ko‘tarilishi, ko‘rish masofasining qisqarishi va ayrim yengil konstruksiyali inshootlarga zarar yetishi ehtimoli mavjud.

Mutaxassislar aholiga quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etmoqda:

  • ochiq maydonlarda ehtiyotkor bo‘lish;
  • daraxtlar, reklama bannerlari va yengil temir-beton konstruksiyalar yaqinida to‘xtab turmaslik;
  • avtotransport vositalarini imkon qadar yopiq joylarda saqlash;
  • elektr uzatish tarmoqlari va simlar yaqinida xavfsizlik qoidalariga amal qilish.

Shuningdek, shamol tezligi oshishi bilan bog‘liq holatlarda favqulodda vaziyatlar xizmati ko‘rsatmalariga rioya qilish tavsiya etiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid