Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HUMO milliy to‘lov tizimi va ATEC yetakchi bankomatlar ishlab chiqaruvchisi o‘rtasida memorandum imzolandi
HUMO milliy to‘lov tizimi hamda bankomatlar va o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qurilmalarini ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan Janubiy Koreyaning ATEC kompaniyasi Strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzoladi.
Foto: HUMO
ATEC kompaniyasi banklarda o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish va moliyaviy amaliyotlar avtomatizatsiyasi uchun yuksak texnologik qurilmalar ishlab chiqarish sohasida 30 yildan ziyod tajribaga ega. Uning mahsulotlari dunyoning 15 ta mamlakatida, jumladan AQSh, YeI davlatlari, Rossiya va Xitoyda qo‘llanadi.
Alfabank, Revolut, Halyk Bank va boshqa ko‘plab ilg‘or texnologik banklar ATM tarmoqlarini qurishda ATEC yechimlaridan foydalanadilar.
Kelishuv doirasida HUMO ATECning O‘zbekistondagi eksklyuziv yetkazib beruvchisi va rasmiy servis markaziga aylanadi.
O‘zbekistonga yetkazib berilayotgan resaykling funksiyasiga ega ATEC bankomatlari xavfsizlik va ishonchlilik bo‘yicha jahon standartlariga muvofiq keladi, shuningdek ular HUMO to‘lov tizimida sertifikatsiyadan o‘tgan. Ilg‘or funksional, jumladan biometrik identifikatsiya imkoniyatlari banklarga o‘z qurilmalari tarmog‘ining samaradorligini oshirish va mijozlarga taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish imkonini beradi.
Bu hamkorlik O‘zbekiston to‘lov infratuzilmasini yanada mustahkamlash va texnologik rivojlantirish sari muhim qadamni ifodalaydi va aholiga jahon darajasidagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, naqdsiz to‘lovlar ulushining o‘sishiga va O‘zbekiston moliya tarmog‘ining raqamlashuviga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
17:00 / 03.02.2026
HUMO biznes uchun to‘lov servislari bozorida kengayishda davom etmoqda
09:00 / 25.12.2025
HUMO to‘lov tizimi yangi zamonaviy terminallar sotuvini boshladi
16:00 / 24.12.2025
HUMO 2024 yil uchun davlat budjeti oldidagi majburiyatini bajarganini ma’lum qildi
19:00 / 27.11.2025