Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsioner tashkilotlar, Samarqanddagi nepotizm va kechikayotgan qonunlar – Antikor agentligidan reportaj
O‘tgan yilning eng korrupsiyaviy tashkilotlari deb Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda mahalliy hokimliklar topildi. Uzoq vaqtdan beri kutilayotgan amaldorlar mol-mulkini deklaratsiyalash va korrupsionerlar reyestrini tuzishga oid qonun loyihalari hali qabul qilinmaydigan ko‘rinadi. Samarqandda tanish-bilishchilik qilgan MMTB mansabdorlari ishdan bo‘shatiilishi bo‘yicha taqdimnoma kiritildi. Antikorrupsiya agentligida o‘tgan yig‘ilishda shu kabi muhim masalalar yuzasidan OAV bilan savol-javob bo‘ldi.
6 fevralda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi binosida agentlik vakillari hamda jamoatchilik kengashining o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar hisboti hamda bu yil nimalar kutilyotgani yuzasidan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Shu yig‘ilishdan so‘ng, tashkilot direktori Akmal Burxonov va OAV vakillari bilan savol-javob ko‘rinishida muloqot o‘tkazildi. Unda shu kunlarda dolzarb bo‘lib turgan ayrim masalalar muhokama qilindi. Xususan, korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolar nega rag‘batlantirilmayotgani, Samarqandda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida yuzaga kelgan nepotizm holati, mansabdorlarning mol-mulkini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi qabul qilinishi nega kechikayotganiga izoh berildi. Qolaversa, 2025 yilning eng korrupsiyaviy deb topilgan davlat tashkilotlarining nomi ham e’lon qilindi.
Batafsil videoni yuqoridagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. Kun.uz videodan qiziq parchalarni ham uzatib boradi. Maqola to‘ldiriladi.
Mavzuga oid
20:42 / 31.12.2025
Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi taqdim etiladi
18:46 / 31.12.2025
Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
16:53 / 08.03.2025