O‘zbekiston | 14:40
737
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Islomobodda HRL Group raisi Zohid Rafiq bilan uchrashdi

Islomobod shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston–Pokiston biznes forumi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev HRL Group kompaniyasi raisi Zohid Rafiq bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Islomobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Pokiston biznes forumi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev HRL Group kompaniyasi raisi Zohid Rafiq bilan uchrashdi.

Qayd etilishicha, kompaniyalar guruhi qurilish, tog‘-kon sanoati va energetika sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik korxonalar sirasiga kiradi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tajribasini qo‘llagan holda Pokistondagi mis, oltin va o‘ta muhim minerallar konlarida birgalikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, mamlakat yetakchisi kompaniya rahbarining Pokiston poytaxti Islomobodda Imom Buxoriy majmuasi hamda Samarqandda mehmonxona qurish bo‘yicha tashabbuslarini olqishladi.

Отабек Матназаров
Muallif Отабек Матназаров

Mavzuga oid