Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika: 1 kilogramm palov tayyorlash qiymati bo‘yicha yangi hisob-kitoblar
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyida 1 kilogramm palov tayyorlash qiymati hududlar kesimida 98 ming so‘mdan 116 ming so‘mgacha yetgan.
Foto: tripadviso
Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 98 234 so‘m, eng yuqori ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida — 116 128 so‘mni tashkil etgan.
Hududlar kesimida qiymatlar quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston R. – 98 234 so‘m;
Andijon viloyati – 106 160 so‘m;
Buxoro viloyati – 107 931 so‘m;
Jizzax viloyati – 109 666 so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 111 922 so‘m;
Navoiy viloyati – 109 697 so‘m;
Namangan viloyati – 108 617 so‘m;
Samarqand viloyati – 112 930 so‘m;
Surxondaryo viloyati – 111 624 so‘m;
Sirdaryo viloyati – 104 256 so‘m;
Toshkent viloyati – 112 607 so‘m;
Farg‘ona viloyati – 115 413 so‘m;
Xorazm viloyati – 107 027 so‘m;
Toshkent shahri – 116 128 so‘m.
Bir kilogramm palov tayyorlash uchun o‘rtacha quyidagi mahsulotlar hisobga olingan:
kungaboqar yog‘i – 0,3 l;
piyoz – 300 g;
mol go‘shti – 700 g;
sabzi – 1 kg;
guruch – 1 kg;
no‘xat – 100 g;
zira – 10 g;
osh tuzi – 20 g.
Eslatma: mazkur raqamlar bozor yoki oshxonada sotilayotgan tayyor palov narxini anglatmaydi. Unda tayyorlash jarayoni va xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham qo‘shib hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:35 / 31.01.2026
Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha eng yuqori va past ko‘rsatkichli hududlar ma’lum qilindi
22:16 / 07.12.2025
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga 10 oyda 16,5 trln so‘m sarfladi
14:06 / 01.12.2025
1 kg palov qiymati: Qoraqalpog‘istonda – eng arzon, Toshkent shahrida – eng qimmat
12:04 / 09.10.2025