O‘zbekiston | 09:29
17917
1 daqiqa o‘qiladi

Hilola Umarova vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Hilola Umarova Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bir vaqtda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetiga rektorlik qiladi.

Hilola Umarova yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Prezident qarori bilan Hilola O‘ktamovna Umarova maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangan.

Hilola Umarova avvalroq Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

Hilola Umarova 2020-2022 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori sifatida ishlagan, 2022 yildan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini boshqargan. 2025 yil iyul oyida PA rahbari o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров

Mavzuga oid