Hilola Umarova yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Prezident qarori bilan Hilola Öktamovna Umarova maktabgaça va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari — Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangan.

Hilola Umarova avvalroq Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qiliş böyiça örinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

Hilola Umarova 2020-2022 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi direktori sifatida işlagan, 2022 yildan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligini boşqargan. 2025 yil iyul oyida PA rahbari örinbosari etib tayinlangandi.