O‘zbekiston | 20:51 / 17.02.2026
6086
1 daqiqa o‘qiladi

Tarovih namozining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi

18 fevral kuni xufton namozidan so‘ng O‘zbekistondagi masjidlarda tarovih namozi boshlanadi. Musulmonlar idorasi ularning o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi.

Foto: Muxlis.uz

18 fevral kuni xufton namozidan so‘ng O‘zbekistondagi masjidlarda taroveh namozi boshlanadi. Musulmonlar idorasi 14 ta hududdagi masjidlarda tarovih namozining boshlanish vaqtlarini e’lon qildi.

  1. Andijon — 20:20
  2. Farg‘ona — 20:20
  3. Namangan — 20:20
  4. Toshkent viloyati — 20:30
  5. Toshkent shahri — 20:30
  6. Sirdaryo — 20:30
  7. Jizzax — 20:30
  8. Samarqand — 20:40
  9. Surxondaryo — 20:40
  10. Navoiy — 20:40
  11. Buxoro — 20:40
  12. Qashqadaryo — 20:45
  13. Xorazm — 21:00
  14. Qoraqalpog‘iston — 21:00.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon taqvimini e’lon qilgandi. Shuningdek, 2026 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori ham ochiqlangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid