O‘zbekiston | 13:28
4981
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda metan zapravkalarga vaqtincha cheklovlar joriy etildi

Holat 3−4 kun ichida ijobiy tomonga hal etilishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘istonda metan zapravkalarga vaqtincha cheklovlar joriy etilmoqda, deb xabar berdi Hududgaz Qoraqalpogʻiston gaz ta’minoti filiali.

Hududda havo harorati keskin pasayishi natijasida magistral gaz tarmoqlarida gaz bosimi tushishi kuzatilayotgani, shu sababli birinchi navbatda yakka tartibdagi uy xo‘jaliklari hamda ijtimoiy ahamiyatga ega obektlarni barqaror gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangani qayd etilgan.

Shu munosabat bilan respublikada faoliyat yuritayotgan metan zapravkalariga bosqichma-bosqich vaqtincha cheklovlar joriy etilmoqda. Mavjud holat 3−4 kun ichida ijobiy tomonga hal etilishi kutilmoqda.

  • UPD: Energetika vazirligi magistral gaz quvurlarida bosim bir me’yorda bo‘lib, barcha hududlardagi, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi metan zapravkalar ham uzluksiz faoliyat yuritishi haqida ma’lum qildi.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda havo harorati pasayishi ortidan metan zapravkalar faoliyatiga qisman yoki to‘liq cheklovlar joriy etilishi odatiy holatga aylandi. Bunday davrda birinchi navbatda aholi, tibbiyot va ta’lim muassasalari, jamoat transportini gaz bilan ta’minlashga e’tibor qaratiladi.

Joriy yil 11 fevraldan O‘zbekistonning barcha hududlarida, shu jumladan, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida metan zapravkalar (metan zapravkalar) bosqichma-bosqich odatdagi ish rejimiga qaytishni boshladi.

«O‘zgidromet» 26 fevraldan 1 martgacha bo‘lgan kunlar oralig‘ida Qoraqalpog‘istonda havo o‘zgaruvchan bo‘lishi, havo harorati shimolda –2…+3 darajagacha pasayishini prongnoz qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid