Jamiyat | 10:44
1765
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda yosh iste’dod egasi prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi

Xorazm viloyatida Urganch tumanidagi 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Otamurod Rayimboyevga prezident tomonidan ijodiy rag‘bat sifatida berilgan yengil avtomashina tantanali tarzda topshirildi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Prezident yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida Urganch tumanidagi 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Otamurod Rayimboyevning iste’dodini alohida e’tirof etib, yosh iqtidor egasini ijodiy rag‘bat sifatida yengil avtomashina bilan taqdirlagan edi.

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov prezident sovg‘asini Otamurod Rayimboyevga oila a’zolari hamda ustozlari ishtirokida tantanali ravishda topshirdi.

Tadbir davomida yosh ijodkor va uning ota-onasi bunday yuksak e’tibor uchun davlat rahbariga minnatdorchilik bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid