Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda O‘zbekistonda 155 mingdan ortiq jinoyat qayd etildi
Bu har 100 ming aholiga 412,9 ta jinoyat to‘g‘ri keladi degani.
Jinoyatlarning yarmiga yaqini axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan.
O‘tgan yili:
- 9 921 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan;
- 600 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro topilgan;
- 4 034 ta mahallada jinoyat bo‘lmagan.
Qaysi hududlar “yetakchi”?
100 ming aholiga nisbatan jinoyat ko‘rsatkichi yuqori hududlar – Toshkent shahri (942,6 ta), Toshkent viloyati (544 ta), Navoiy viloyati (449,6 ta) va Sirdaryo viloyati (440,3 ta).
Narkojinoyatlar bo‘yicha:
- 15 412 ta jinoyat aniqlangan;
- 3 tonna 775 kg giyohvand modda musodara qilingan;
- 15 ta narkolaboratoriya fosh etilgan.
Yoshlar jinoyati:
2025 yilda yoshlar tomonidan 13 639 ta jinoyat sodir qilingan.
O‘tgan yili voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etilgan. Bu haqda avvalroq Kriminologiya tadqiqot instituti ma’lum qilgandi.
Shunday qotilliklardan biri – Qo‘qon shahrida 17 yoshli Xurshid Haydarovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat tafsiloti Kun.uz surishtiruvida yoritilgandi.
Senat qo‘mitasi yig‘ilish o‘tkazdi
Bu raqamlar Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida aytib o‘tildi. Unda Ichki ishlar vazirligining 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.
Qayd etilishicha, 2025 yilda respublika bo‘yicha 155 002 ta jinoyat ro‘yxatga olingan. O‘tgan yili oldi olinishi mumkin bo‘lgan, lekin sodir etilgan jinoyatlarning 36 421 tasi fosh etilgan. Kriminogen vaziyat tahliliga ko‘ra, mahallalarning 44,8 foizi “yashil”, 47,9 foizi “sariq” va 7,4 foizi “qizil” toifaga kiritilgan.
Mavzuga oid
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
12:49 / 02.01.2026
Toshkentda yerosti yo‘lida telefon olib qochgan shaxs ushlandi
14:56 / 17.12.2025
Oliy sud: 273-modda bilan sudlanganlar soni 2,8 mingdan oshdi
13:11 / 08.11.2025