Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“QQSni qaytarish korrupsion sxemaga aylangan, uni tugatish kerak” – mutaxassis
Soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonovning fikricha, eksportga nol stavka qo‘llanishi yoki subsidiyalardan tashqari hech bir holatda QQS qaytarib berish kerak emas.”Budjetdan qaytadigan har qanaqa amaliyotda korrupsiya aralashadi. O‘tgan yili qancha milliardlar o‘g‘irlangani aniqlandi. Har bir bosqich oxirgi iste’molchi bo‘lishi mumkin bo‘lsa, QQSni qaytarish kerak emas”, - deydi u.
QQSni qaytarish amaliyoti korrupsion sxemaga aylangan, deydi soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov Kun.uz bilan suhbatda.
246 sonli prezident farmoniga asosan, joriy yilnimg 1 yanvaridan soliq tekshiruvisiz QQS qaytarib berilmaydigan bo‘ldi. QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib berish butkul bekor qilinmadi. Ya’ni uchta A kategoriyasiga kiruvchilar va eksportchilarda bu imtiyoz hali ham bor. Rahbarida yoki tarixida soliq to‘lamaslik bilan bog‘liq jinoyat alomati bo‘lsa, tezlashtirilgan tartibdan chiqariladi.
Bundan tashqari, oxirgi 12 oy ichida korxona qo‘shilgan bo‘lsa yoki qaysidir korxonadan ajralib chiqqan bo‘lsa, undan ham tezlashtirilgan forma chiqarildi. Bu yangi tashkil etilganiga 1 yil to‘lmagan korxonalarga ham taalluqli.
Murod Muhammadjonovning fikricha, mutaxassislar QQSni qaytarib berishga qarshilik qiladi va faqat eksportga nol stavka qo‘llanganda qaytarib berish to‘g‘ri.
“QQSni qaytarib berish budjetga yo‘qotish hisoblanadi. Buning ortida budjet mablag‘larini o‘zlashtirish keng bo‘lganligi uchun juda ko‘p korrupsion holatlar, o‘zlashtirishlar bo‘lyapti. Budjetdan qaytadigan har qanaqa amaliyotda korrupsiya aralashadi. QQSni mantiqan qaytarish kerakmi, desangiz, yo‘q qayrarish kerak emas, degan bo‘lardim. Chunki QQS to‘lovchisi oxirgi iste’molchi. Masalan, shu kitobni 100 ming so‘mga QQS bilan sotib oldim — 12 ming so‘m QQS turibdi. Uni 150 ming so‘mga sotsam, 18 ming so‘m QQS hisoblanadi va 12 ming so‘mni ayirib, farqi to‘lanadi.
Qandaydir tadbirkorni o‘ylaydigan psevdo mutaxassislar chiqib, “12 ming so‘m bekor yotibdi, tadbirkor foydalansin”, deb hammasini qaytarib berish kerak dedi. Natijada budjet o‘marildi. O‘tgan yili qancha milliardlar o‘g‘irlangani aniqlandi”, - deydi u.
Mutaxassis bir odamning harakati oqibatida budjet talon-toroj bo‘lganiga urg‘u berdi.
“Xalqdan yig‘ilgan milliardlab pul shunchaki yo‘q bo‘lib ketyapti. Har bir bosqich oxirgi iste’molchi bo‘lishi mumkin. Demak, QQSni qaytarish kerak emas”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda soliq, bojxona, bank xodimlari, hokim o‘rinbosari va tadbirkorlardan iborat jinoiy guruh aniqlangandi. Ushbu guruh 2020-2023 yillar davomida 8 ta soxta korxona tashkil qilib, xorijga soxta eksport qilingan mebel mahsulotlari uchun qaytarilishi belgilangan 15 foiz qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) salbiy farq summasini asossiz qaytarib olish orqali jami 24 mlrd 580 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.
Mavzuga oid
10:20 / 06.03.2026
1 apreldan chet elliklar uchun tax free tizimi ishga tushadi
13:16 / 05.02.2026
Soliq qo‘mitasi QQSga avtomatik o‘tkazish tartibini tushuntirdi
11:52 / 26.12.2025
2026 yildan QQS tushumining bir qismi hududlarda qoldiriladi
11:40 / 16.12.2025