Soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonovning fikriça, eksportga nol stavka qöllanişi yoki subsidiyalardan taşqari heç bir holatda QQS qaytarib beriş kerak emas. ”Budjetdan qaytadigan har qanaqa amaliyotda korrupsiya aralaşadi. Ötgan yili qança milliardlar öğirlangani aniqlandi. Har bir bosqiç oxirgi iste’molçi bölişi mumkin bölsa, QQSni qaytariş kerak emas”, - deydi u.
QQSni qaytariş amaliyoti korrupsion sxemaga aylangan, deydi soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov Kun.uz bilan suhbatda.
246 sonli prezident farmoniga asosan, joriy yilnimg 1 yanvaridan soliq tekşiruvisiz QQS qaytarib berilmaydigan böldi. QQSni tezlaştirilgan tartibda qaytarib beriş butkul bekor qilinmadi. Ya’ni uçta A kategoriyasiga kiruvçilar va eksportçilarda bu imtiyoz hali ham bor. Rahbarida yoki tarixida soliq tölamaslik bilan boğliq jinoyat alomati bölsa, tezlaştirilgan tartibdan çiqariladi.
Bundan taşqari, oxirgi 12 oy içida korxona qöşilgan bölsa yoki qaysidir korxonadan ajralib çiqqan bölsa, undan ham tezlaştirilgan forma çiqarildi. Bu yangi taşkil etilganiga 1 yil tölmagan korxonalarga ham taalluqli.
Murod Muhammadjonovning fikriça, mutaxassislar QQSni qaytarib berişga qarşilik qiladi va faqat eksportga nol stavka qöllanganda qaytarib beriş töğri.
“QQSni qaytarib beriş budjetga yöqotiş hisoblanadi. Buning ortida budjet mablağlarini özlaştiriş keng bölganligi uçun juda köp korrupsion holatlar, özlaştirişlar bölyapti. Budjetdan qaytadigan har qanaqa amaliyotda korrupsiya aralaşadi. QQSni mantiqan qaytariş kerakmi, desangiz, yöq qaytariş kerak emas, degan bölardim. Çunki QQS tölovçisi oxirgi iste’molçi. Masalan, şu kitobni 100 ming sömga QQS bilan sotib oldim — 12 ming söm QQS turibdi. Uni 150 ming sömga sotsam, 18 ming söm QQS hisoblanadi va 12 ming sömni ayirib, farqi tölanadi.
Qandaydir tadbirkorni öylaydigan psevdo mutaxassislar çiqib, “12 ming söm bekor yotibdi, tadbirkor foydalansin”, deb hammasini qaytarib beriş kerak dedi. Natijada budjet ömarildi. Ötgan yili qança milliardlar öğirlangani aniqlandi”, - deydi u.
Mutaxassis bir odamning harakati oqibatida budjet talon-toroj bölganiga urğu berdi.










