Bunday yondaşuv qabulning yangi mantiğini aks ettiradi: kamroq örin, yuqoriroq talablar, kuçliroq raqobat. Central Asian University yanada tanlovga asoslangan akademik muhitni şakllantirib, asosiy yönalişlar böyiça abituriyentlarni saralaşni kuçaytirmoqda.

Universitetning rasmiy veb-saytida har bir maktab böyiça bitta öringa töğri keladigan nomzodlar soni körsatilgan jadval e’lon qilingan. Abituriyentlar va ota-onalar tanlovdagi joriy vaziyatni kuzatib borişlari uçun u har kuni yangilanadi.

CAU xalqaro olimpiadasi va yangi grantlar

Qabul kampaniyasining asosiy yangiliklaridan biri — 12–13 iyun kunlari Central Asian University kampusida kimyo, matematika va fizika fanlari böyiça ötkaziladigan xalqaro olimpiadadir. Uning natijalariga köra, iştirokçilar butun öqiş davri uçun 100% gaça grant yutqazib olişlari va “Be Student” tayyorlov dasturi doirasida maxsus imkoniyatlarga ega bölişlari mumkin.

11-sinf öquvçilari uçun

1–3-örin — butun öqiş davri uçun 100% lik ta’lim granti*

4–6-örin — butun öqiş davri uçun 50% lik grant*

7–10-örin — butun öqiş davri uçun 25% lik grant*

10-sinf öquvçilari uçun

1–3-örin — butun öqiş davri uçun 100% lik ta’lim granti**

4–10-örin — «Be Student» tayyorlov dasturida bepul öqiş va uni muvaffaqiyatli tamomlaganda CAU’ga kiriş kafolati

9-sinf öquvçilari uçun

1–10-örin — «Be Student» dasturida bepul öqiş va keyin CAU’ga kiriş kafolati

* Har bir semestr yakunida GPA 3.3 dan past bölmasligi şart. Tibbiyot va stomatologiya dasturlari uçun IELTS 6.0 yoki ekvivalenti, boşqa yönalişlar uçun IELTS 5.5 talab qilinadi.

** 10-sinf ğoliblari uçun grant bitiruv yiligaça saqlanadi va kiriş imtihonlari hamda til talablari bajarilgandan keyin taqdim etiladi.

Iştirok etişning batafsil şartlari, grantlarni taqdim etiş tartibi va olimpiadaning töliq reglamenti Central Asian University rasmiy veb-saytida e’lon qilingan.