“Dunyo” axborot agentligi xabar qilişiça, Antaliyada Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Ruanda taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vaziri Olive Ndxungirexe örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisida Qöşma kommyunike imzolandi.
Özbekiston TIV rahbari özining Telegram kanalida ta’kidlaşiça, mazkur hujjat ikki davlat örtasidagi rasmiy diplomatik aloqalarga yöl oçadi. Şu bilan birga, ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlar mexanizmini joriy etiş böyiça Anglaşuv memorandumi ham imzolangan.
Qayd etilişiça, uşbu kelişuvlar Özbekistonning Afrika qit’asi davlatlari bilan hamkorlikni kengaytiriş yölidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.













