O‘zbekiston | 17:00
574
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

HUMO Ant International tomonidan Kuala-Lumpurda tashkil etilgan MO·MENs 2026 global forumida ishtirok etdi

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (HUMO to‘lov tizimi) delegatsiyasi 27-29 aprel kunlari Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan Ant International kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan MO·MENs 2026 xalqaro forumida ishtirok etdi. Ushbu forum raqamli to‘lovlar va super-ilovalar sanoati yetakchilari uchun yopiq global maydon hisoblanadi.

Foto: HUMO

Forum dunyo bo‘ylab yetakchi fintex kompaniyalar, to‘lov tizimlari va texnologik platformalarning yuqori darajadagi rahbarlaridan iborat cheklangan guruhni jamladi. Tadbir an’anaviy ravishda faqat executive-only formatida o‘tkaziladi va unda ishtirok etish faqat shaxsiy taklifnomalar asosida amalga oshiriladi.

Forumda HUMO nomidan boshqaruv raisi Ulugbek Baxadirov hamda boshqaruv raisining bosh maslahatchisi Dmitriy Danilenko ishtirok etdi.

MO·MENs 2026 doirasida ishtirokchilar global fintex sanoatining asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qildi, jumladan, moliyaviy xizmatlarga sun’iy intellektni joriy etish, super-ilovalar taraqqiyoti hamda transchegaraviy to‘lov yechimlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

HUMO vakillari xalqaro hamkorlar va bozor ishtirokchilari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazib, hamkorlik istiqbollari, tajriba almashish hamda O‘zbekiston to‘lov infratuzilmasiga ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish masalalarini ko‘rib chiqdi.

HUMOʼning MO·MENs 2026 forumidagi ishtiroki kompaniyaning global fintex ekotizimiga integratsiyalashuv hamda O‘zbekistonning raqamli moliyaviy xizmatlar sohasidagi xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan strategik yo‘nalishini tasdiqlaydi.

HUMO xalqaro tajribalar va innovatsiyalarga asoslangan holda milliy to‘lov tizimini muntazam rivojlantirishni davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun:

HUMO – O‘zbekiston Respublikasining milliy to‘lov tizimi va mamlakat moliyaviy infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Tizim naqdsiz to‘lovlarni rivojlantiradi, o‘z to‘lov infratuzilmasini shakllantiradi, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etadi hamda to‘lov usullarini kengaytiradi, jumladan QR-to‘lovlar va transchegaraviy operatsiyalarni rivojlantirib, raqamli iqtisodiyot taraqqiyotiga hissa qo‘shadi.

 Sayt Instagram | Facebook | Telegram | Linkedin

 Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid