Nizomga köra, içki işlar organlarining migratsiya va personallaştiriş bölinmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.
Fuqaroni yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş har ikki tomon (mulkdor va fuqaro) iştirokida amalga oşiriladi va ularning roziligi Face-ID yoki Mobile-ID tizimi orqali tasdiqlanadi.
Bir neçta uyga yoki kvartiraga ega bölgan mulkdor ulardan faqat bittasida yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötkaziladi.
18 yoşga tölmagan fuqaro ota-onasi yoki ulardan biri yoxud vasiysi (homiysi) röyxatdan ötkazilgan manzilda yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötkaziladi.
Fuqaro yangi yaşaş joyiga kelgan kundan e’tiboran 10 iş kuni içida yaşaş joyi yoki turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi va turar joy mulkdori uni yaşaş joyi yoki turgan joyi manziliga röyxatdan ötkaziş uçun vakolatli organga xabar berişi şart.
Fuqarolar yoki turar joy mulkdori röyxatdan ötkaziş uçun öziga qulay bölgan joydagi vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markazlari, «Aqlli» migratsiya şoxobçalari orqali şaxsan yoxud YaIDXP, «E-xabar berish» tizimi orqali onlayn tarzda murojaat qiliş mumkin.
Özbekistonning kuyidagi hududlarida fuqarolarning erkin harakatlaniş, turar va yaşaş joyini tanlaş huquqi çeklanişi mumkin:
- çegara zonasida;
- yopiq harbiy şaharçalarda;
- yopiq ma’muriy-hududiy tuzilmalarda;
- favqulodda holat yoki safarbarlik e’lon qilingan hududlarda va boşqalar.












