O‘zbekiston | 10:37
1573
1 daqiqa o‘qiladi

Ziroat Mirziyoyeva «Inson uchun» festivalida ijtimoiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan an’anaviy «Inson uchun» festivaliga birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva tashrif buyurdi.

Foto: Ziroat Mirziyoyeva

Tashrif davomida u ijtimoiy himoya, inklyuziv bandlik va aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslar bilan tanishdi.



Festival doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, yoshlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi zamonaviy mexanizmlar, shuningdek ijtimoiy loyihalar taqdimoti namoyish etildi.



Tadbir davlat tashkilotlari, biznes vakillari, banklar, xalqaro va jamoat tashkilotlarini bir maydonda jamlab, ijtimoiy sohadagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.



Festival orqali inklyuziv jamiyatni shakllantirish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy tashabbuslarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid