Taşrif davomida u ijtimoiy himoya, inklyuziv bandlik va aholining ehtiyojmand qatlamlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator taşabbuslar bilan tanişdi.

Festival doirasida nogironligi bölgan şaxslar tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar, yoşlar va oilalarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiluvçi zamonaviy mexanizmlar, şuningdek ijtimoiy loyihalar taqdimoti namoyiş etildi.

Tadbir davlat taşkilotlari, biznes vakillari, banklar, xalqaro va jamoat taşkilotlarini bir maydonda jamlab, ijtimoiy sohadagi hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qildi.

Festival orqali inklyuziv jamiyatni şakllantiriş, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy taşabbuslarni kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.













