Ta’lim | 09:28
1009
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik talabalar qaysi davlatlarni tanlamoqda?

2026 yilning dastlabki uch oyida qariyb 6 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijga safar qildi. Eng ommabop yo‘nalishlar orasida Rossiya, Janubiy Koreya va Qirg‘iziston yetakchilik qilmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–mart oylarida 5 862 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida chet elga chiqqan.

Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga yoki 21,2 foizga kamaygan.

Hisobotga ko‘ra, mazkur davrda o‘zbekistonliklar ta’lim uchun eng ko‘p quyidagi davlatlarni tanlagan:

— Rossiya — 1 241 nafar;
— Janubiy Koreya — 1 131 nafar;
— Qirg‘iziston — 1 059 nafar;
— Xitoy — 424 nafar;
— Turkiya — 423 nafar;
— Tojikiston — 381 nafar;
— Buyuk Britaniya — 292 nafar;
— boshqa davlatlar — 911 nafar.

Statistikaga ko‘ra, Rossiya va Janubiy Koreya o‘zbekistonlik talabalar uchun eng talab yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘lib qolmoqda.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid