Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yil yanvar–mart oylarida 5 862 nafar Özbekiston fuqarosi öqiş maqsadida çet elga çiqqan.

Bu körsatkiç 2025 yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga yoki 21,2 foizga kamaygan.

Hisobotga köra, mazkur davrda özbekistonliklar ta’lim uçun eng köp quyidagi davlatlarni tanlagan:

— Rossiya — 1 241 nafar;
— Janubiy Koreya — 1 131 nafar;
— Qirğiziston — 1 059 nafar;
— Xitoy — 424 nafar;
— Turkiya — 423 nafar;
— Tojikiston — 381 nafar;
— Buyuk Britaniya — 292 nafar;
— boşqa davlatlar — 911 nafar.

Statistikaga köra, Rossiya va Janubiy Koreya özbekistonlik talabalar uçun eng talab yuqori bölgan ta’lim yönalişlari bölib qolmoqda.