Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyundan xususiy universitetlar abituriyentlar qabulini boshlaydi
Bugun, 1 iyun sanasidan O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalarida 2026-2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari start oladi. Qabul faqat davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Foto: Kun.uz
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar qabuli har yili iyun–sentabr oylari davomida o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan 1 iyundan yangi o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilish boshlanadi.
Mavjud tartibga ko‘ra, maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha talabalarni o‘qishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bois nodavlat oliygohlar faqat akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, 2025 yil 1 avgustdan boshlab har bir nodavlat oliy ta’lim muassasasi uchun qabul parametrlarining eng yuqori ko‘rsatkichi belgilanadi. Qabul kvotalari universitetlarning moddiy-texnik bazasi, pedagogik salohiyati hamda o‘quv-dasturiy ta’minotidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.
Avvalroq respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Unda nodavlat ta’lim tashkilotlarida qabul jarayonlarini yilda ikki marta — 15 oktyabrgacha va 15 fevralgacha amalga oshirish taklifi ham ilgari surilgan.
Mavzuga oid
13:52 / 24.02.2026
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida doktoranturaga qabul tartibi tasdiqlandi
09:11 / 02.02.2026
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat qabul qilish boshlandi
14:48 / 10.11.2025
Endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarining kunlik qabuli mahallada o‘tkaziladi
16:00 / 18.10.2025