Amaldagi qonunçilikka muvofiq, nodavlat oliy ta’lim taşkilotlarida talabalar qabuli har yili iyun–sentabr oylari davomida ötkaziladi. Şu munosabat bilan 1 iyundan yangi öquv yili uçun abituriyentlardan hujjat qabul qiliş boşlanadi.

Mavjud tartibga köra, maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötmagan ta’lim dasturlari böyiça talabalarni öqişga qabul qilişga yöl qöyilmaydi. Şu bois nodavlat oliygohlar faqat akkreditatsiyadan ötgan ta’lim yönalişlari böyiça qabul ötkazişi mumkin.

Şuningdek, 2025 yil 1 avgustdan boşlab har bir nodavlat oliy ta’lim muassasasi uçun qabul parametrlarining eng yuqori körsatkiçi belgilanadi. Qabul kvotalari universitetlarning moddiy-texnik bazasi, pedagogik salohiyati hamda öquv-dasturiy ta’minotidan kelib çiqqan holda tasdiqlanadi.

Avvalroq respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oşirişga qaratilgan qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan edi. Unda nodavlat ta’lim taşkilotlarida qabul jarayonlarini yilda ikki marta — 15 oktyabrgaça va 15 fevralgaça amalga oşiriş taklifi ham ilgari surilgan.