19:47 / 26.09.2016
13789

Kechki dayjest: 26 sentabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 26 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

AQSh elchisi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilmoqda


AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Leora Spratlen O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishda davom etmoqda. O‘tgan hafta u Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Qonunchilik palatasi vakolatlari kengaytirildi


«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonuniga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarga muvofiq, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining vakolatlari kengaytirildi.

>>> Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumaniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev shu yilning 25 sentabrida Toshkent shahrining Sergeli tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi mavzelari, ko‘p qavatli turar joylar va ijtimoiy soha obektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

>>> Batafsil.

O‘zbekistonda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat muddati o‘zgardi

O‘zbekistonda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga unvonidan qat'i nazar 5 yil muddatga qabul qilish tartibi joriy etildi.  

>>> Batafsil.

Obama beadab so‘zlarni ko‘p qo‘llashini tan oldi

AQSh prezidenti Barak Obama davlat rahbari lavozimini egallaganidan keyin avvalgidan ko‘ra ko‘proq beadab so‘zlarni ishlata boshlaganini tan oldi.

>>>  Batafsil.

Turkiya Asad rejimini harbiy jinoyatlarda aybladi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Bashar Asad rahbarligidagi Suriya hukumatini harbiy jinoyatlar sodir etishda aybladi. Bu haqda vazirlik saytida bildirilgan.

>>> Batafsil.

AQSh prezidentlik poygalarida afroamerikaliklar kim tomonda?

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton afroamerikaliklar orasida o‘zining respublikachi raqibi Donald Trampga nisbatan ancha yuqori nufuzga ega ekanligi ma'lum bo‘ldi.

>>> Batafsil.

OAV Ronalduning Zidanga qarata haqoratli so‘zlar yo‘llagani haqida xabar qildi

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu La Liga 6-turida«Las-Palmas»ga qarshi (2:2) kechgan uchrashuvda zaxiraga olingani uchun bosh murabbiy Zaynidin Zidanga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatgan.

>>>  Batafsil.

Hindiston Pokiston bilan suv bo‘yicha shartnomasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin

Hindiston 18 sentabrda 18 nafar hind harbiysi hayotiga zomin bo‘lgan terrorchilar hujumiga javoban Islomobod bilan suv resurslarini taqsimlab olish bo‘yicha shartnomasini qayta ko‘rib chiqishi va Pokiston hududiga suv oqimini kamaytirishi mumkin.

>>> Batafsil.

Saakashvili Gruziyaga qaytsa hibsga olinadi

Gruziya IIVning bayonot berishicha, respublikaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili vataniga qaytishga urinib ko‘rgudek bo‘lsa, zudlik bilan hibsga olinadi.

>>> Batafsil.

Top