TOGG elektromobilining ilk sohibi bo‘lgan Erdo‘g‘an Mirziyoyevga ham mashina jo‘natishini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi mamlakatda ishlab chiqarilgan TOGG elektrokarining ilk sohiblari bo‘lishdi.
Anqaradagi prezident saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali topshirish marosimida konveyerdan yangi chiqqan TOGG T10X — C-sinfidagi krossoverning ikki xil rangdagisi — qizil va to‘q ko‘k tuslisi taqdim etildi. Qizil tuslisi Turkiyaning birinchi xonimi Amina Erdo‘g‘anga atalgan.
Turkiya prezidenti «Anado‘lu» deb ataluvchi qizil tusdagi avtomobilni boshqarib ko‘rdi. Biroq o‘zi bundan buyon to‘q ko‘k tusli mashinani boshqarishini ta’kidladi.
Togg'un ilk akıllı cihazını teslim alıyoruz, millî gururumuzu yollara uğurluyoruz. 🇹🇷https://t.co/JtPu3Nti9f
— Recep Tayyip Erdoğan (@RTErdogan) April 3, 2023
«Bugun biz xalqimizning 60 yillik orzusi ro‘yobga chiqqanining guvohi bo‘ldik. TOGG rekordlarni urdi va u bizning o‘z avtomobilimiz», – degan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an ushbu avtomobillar qardosh Ozarboyjon va O‘zbekiston prezidentlariga ham yetkazilishini aytgan.
«Aliyevga allaqachon yetkazildi. Bugun uni topshirishadi. Uning rangi Anado‘lu (qizil) edi. Chunki Ilhom Aliyev shunaqasidan xohladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham yuboriladi», — degan Erdo‘g‘an.
2022 yilning oktyabrida Bursa viloyatidagi Gemlik shahrida turk elektromobillarini ishlab chiqaruvchi zavod elektromobillarni seriyali ishlab chiqarishni boshlagan edi va unda shaxsan Erdo‘g‘anning o‘zi ishtirok etgan edi. Kelgusida ushbu zavodda elektromobillarning 5 ta versiyasi 6 xil rangda ishlab chiqariladi.
Hozircha ikkita model ishlab chiqarilishi boshlangan: bular — TOGG T10X SUV C sinfidagi yo‘ltanlamas mashina va TOGG T10S sedani. 13 yil davomida loyihaga 3,7 milliard dollar investitsiya yotqiziladi. Shuningdek, elektromobilning ikkinchi versiyasi — sedan joriy yilning oktyabr oyida taqdim etilishi aytilmoqda
TOGG kompaniyasining bosh direktori Gurjon Qoraqoshning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, yiliga 100 mingta avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirmoqda. Ishlab chiqarish quvvatlari bu ko‘rsatkichni yiliga 175 ming avtomobilgacha oshirishga mo‘ljallangan. 2030 yilga borib bir yilda yig‘iladigan avtomobillar soni yarim milliontaga yetkaziladi.
Elektromobillar haqida quyidagilar ma’lum: to‘rt yo‘lovchini bag‘riga oluvchi, faqat orqa g‘ildiraklari yurituvchi bir motorli krossoverning 272 ot kuchiga quvvatiga ega oddiy versiyasi 7,6 soniya ichida 100 km/soat tezlikka erishadi. U to‘la quvvatda 300 km yo‘l bosadi. To‘liq yuritishga ega bo‘lgan ikki motorli, 544 ot kuchiga ega varianti 100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada erishadi va to‘la quvvat bilan 523 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Akkumulyatorni 80 foizga quvvat bilan to‘ldirish yarim soatdan ko‘p vaqtni olmaydi. Ishlab chiqaruvchilar vaqt o‘tishi bilan TOGG C-SUV uchinchi darajadagi avtopilot bilan ham ta’minlanishini va’da qilishmoqda.
Ilk TOGG elektromobillari yaqinda erkin savdoga chiqarildi. Ularning narxi 43 mingdan 54 ming dollar oralig‘ida bo‘lishi aytilmoqda. Keyingi bir yarim yil ichida zavod faqat ichki bozor uchun ishlaydi, so‘ngra Germaniya va Fransiyaga eksport boshlanadi.
Mavzuga oid
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
16:24 / 15.12.2024