Joriy yilning 16 iyun kuni Şavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta'lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bağişlab videoselektor ötkazilgandi. Unda belgilab berilgan ustuvor yönalişlar hamda Termiz davlat universitetini 2021-2023 yillarda innovatsion rivojlantiriş va ta'lim sifatini ta'minlaş dasturi qabul qilinib, şu asosda yangi öquv yiliga tayyorgarlik körildi.
Bugungi kunda universitetning 58 ta bakalavriat va 31 ta magistratura ta'lim yönalişlarida 23271 nafar (uşbu talabalardan 208 nafarining imkoniyati çeklangan, 25 nafari esa çin yetimlar) talaba tahsil olmoqda. Magistrlar 2020-2021 öquv yilida 2017 yilga nisbatan qariyb 8 barobarga oşgan. Universitetda 1200 dan ortiq professor-öqituvçilar ştati mavjud, amalda 730 nafar professor-öqituvçilar faoliyat körsatmoqda. 450 ştat birligida professor-öqituvçilarga ehtiyoj bor. Uşbu ehtiyojni qoplaş maqsadida bu yil 196 nafar magistratura bitiruvçilari, 110 nafar boşqa OTMlarda faoliyat yuritayotgan surxondaryolik mutaxassislar, bundan taşqari, örindoşlik asosida 150 ga yaqin respublikaning yetakçi OTMlari professor-öqituvçilari universitetga jalb etilmoqda.
Aytiş mumkinki, ötgan öquv yili universitet jamoasi uçun muvaffaqiyatli böldi. Xususan, jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Umarbek Şohnazarov “Yil talabasi-2020” tanlovining respublika bosqiçida “Yilning eng yaxşi sportçi”si deb topilgani bizga faxr berdi. Ma'lumot örnida aytiş mumkin, bugungi kunda universitetda 2 nafar jahon çempioni, 4 nafar Osiyo çempioni va 36 nafar nufuzli xalqaro musobaqalar, Özbekiston çempionati ğolib va sovrindorlari tahsil olmoqda.

Joriy yilning mart oyida oliy ta'lim muassasalari talabalari örtasida kuraş sport turi böyiça ötkazilgan “Vazir kubogi” musobaqasida asosiy tarkibi Termiz davlat universiteti talaba-yoşlari bölgan Surxondaryo jamoasi birinçi örinni egallab, “Vazir kubogi”ni qölga kiritişdi. Bundan taşqari, Oliy ta'lim muassasalari talabalari örtasida bölib ötgan “Universiada-2020” sport musobaqalarining kuraş böyiça final bosqiçi Termizda ötkazildi. Uşbu musobaqada universitetimiz talabalari jamoa hisobida uçinçi, Universiada yakuni böyiça umumjamoa hisobida beşinçi örinni egalladi. Natijada, yoşlarimizning sport sohasidagi yutuqlariga katta hissa qöşgan jismoniy madaniyat fakulteti öqituvçisi Abdurazzoq Ustoyev “Özbekiston sport faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Sportdagi yutuqlar boşqa yönalişlarda ham davom etdi. “Uçinçi renessans – yoşlar nigohida” tanlovida doktorantlarimiz Aziza Xolboyeva va Xurşid Eşmurodov muallifligidagi loyiha hududiy bosqiçda ğolib topildi. 2020 yil dekabr oyida oliy ta'lim muassasalari talabalari örtasida “Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori” mavzusida ötkazilgan “Eng yaxşi inşo” respublika tanlovida birinçi örin tarix fakulteti talabasi Aziza Rözimahmatovaga nasib qildi.




















