Sankt-Peterburg davlat universitetining Menejment oliy maktabida bölib ötgan “Özbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi”da mamlakatimizdan 16 ta va Rossiya tomonidan esa 30ga yaqin oliy öquv yurtlari rektor va prorektorlari iştirok etdi. Tadbirning yalpi majlisida ikki mamlakat vakillari çiqişida Özbekiston oliy ta’lim tizimining jahon ta’lim makoniga integratsiyalaşuvi, Rossiya universitetlari bilan hamkorlik strategiyasi, qöşma loyihalari yaratilişi va ularning muvaffaqiyatlari mavzularida aloqalarning muhim jihatlari qayd etildi. Iştirokçilar ma’ruzalar davomida konferensiyaning ahamiyatiga töxtalib, hozirgi kunda butun dunyo oliy ta’limidagi vaziyat özgarib borayotganligini, raqamli transformatsiya, şu jumladan, GPT kabi sun’iy intellektning tez sur’atlar bilan rivojlanayotgani bois oliy ta’lim muassasalarining faoliyati özgarişi muqarrarligini aytib ötdi. Konferensiya öz işini uçta: Yuqori texnologiyali tarmoqlar uçun ta’lim: yetakçi muhandislik maktablarini taşkil etiş tajribasi”, Tibbiyot, farmatsevtika va bioinjyeneriya sohasida kadrlar tayyorlaşda universitetlararo hamkorlikni kengaytiriş”, Pedagok kadrlar tayyorlaşda eng yaxşi amaliyotlar” şu’balarida davom ettirildi.

Mazkur konferensiyada Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Marahimov "Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari" mavzusidagi ma’ruzasi bilan iştirok etdi. Konferensiyaning dastlabki kunida Sankt-Peterburg davlat universiteti, A.S.Puşkin nomidagi Rus tili davlat instituti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, A.L.Ştiglits nomidagi Sankt-Peterburg davlat san’at va sanoat akademiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum doirasida uşbu oliy ta’lim muassasalari va Termiz davlat universiteti örtasida ilmiy-tadqiqot işlarida hamkorlik qiliş, professor-öqituvçilar almaşinuvi va talabalarning akademik mobilligini yölga qöyiş, turli ekspeditsiya, konferensiya va tadbirlarni taşkil etiş nazarda tutilgan.

Sankt-Peterburg politexnika universiteti kadrlar tayyorlaş hamda tadqiqot işlarini olib boriş böyiça Rossiyadagi texnika oliygohlari reytingida yetakçi örinni egallab keladi. 2021 yilda universitet “Ustuvorlik-2030” Federal strategik dasturining “Tadqiqot yetakçiligi” yönalişida birinçi ğoliblar guruhiga kiritildi. Bugungi kunda 17 ta mutaxassislik böyiça örta böğin mutaxassislari, 59 ta yönaliş böyiça bakalavr, 57 ta yönaliş böyiça magistrlar, 24 ta yönaliş böyiça öqituvçi-tadqiqotçilar tayyorlaydi. Rossiya Federatsiyasida Özbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi doirasidagi uçraşuvlarning navbatdagisi uşbu ta’lim dargohida bölib ötdi.














