Termiz davlat universitetiga Abduqodir Toşqulov rektor etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. OTMga 2021 yildan beri Avazjon Marahimov rektorlik qilib kelayotgandi.
Avvalroq Toşqulovning prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimidan (amalda tugatildi) ketganligi xabar qilingandi.
Abduqodir Toşqulov 2010 yildan Qonunçilik palatasi deputati bölgan, 2017 yil sentabrida Termiz davlat universitetiga rektorlikka ötgan, 2018 yilda senatorga aylangan.
2021 yil yanvaridan esa oliy va örta maxsus ta’lim vazirligiga rahbarlik qila boşlagandi. 2022 yil dekabridagi ma’muriy islohotlar doirasida prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.








