Yangi öquv yili oçiliş marosimida Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov nutq sözlab, barça yoşlarni Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi hamda talabalik baxtiga muyassar bölganliklari bilan tabrikladi. Ularga yangi öquv yilida yangi marralar, natijalarga erişişlarini tilab, öquv yilini rasman oçdi.

Tadbirda söz olgan viloyat Nuroniylar kengaşi raisi O.Soatov, viloyat xalq deputatlari kengaşi a’zosi D.Suvonova yurtimizda sönggi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ta’lim sifatida bölayotgan özgarişlar haqida alohida töxtalib ötişdi.

Ayni paytda Termiz davlat universitetida 680 nafar professor-öqituvçilar 23941 nafar talabalarga dars berib kelişmoqda. Joriy yilda 3212 nafar yigit-qizlar talabalik maqomiga ega bölişdi. Ularning 1530 nafari kunduzgi, 150 nafari keçki, 725 nafari sirtqi, 675 nafari ikkinçi oliy ta’limga hamda 132 nafari magistratura bosqiçiga qamrab olindi.

“Yangi hayot uçun, yangi Özbekiston uçun!” şiori ostidagi “Mustaqillik darslari” ham iliq taassurotlarga boy böldi.
Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov 1-bosqiç talabalari bilan samimiy suhbat olib bordi.

Muloqot davomida talabalarga mamlakatimizda 32 yil davomida erişilgan yutuqlar, Prezidentimiz tomonidan amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ta’limdagi islohotlar, yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan davlat siyosati va boşqa bir qator körsatkiçlar hamda erişilayotgan yutuqlar töğrisida atrofliça ma’lumotlar berildi.
Reklama huquqi asosida












