Ayni paytda Termiz davlat universiteti köplab davlatlar bilan xalqaro ekspeditsiya işlarini olib bormoqda. Özbekiston-Çexiya. Bu ana şu xalqaro yirik loyihalardan biri bölib, köplab olimlarni bir makonda birlaştirdi. Termiz davlat universiteti va Karlovo universitetlari örtasida tuzilgan arxeologik ilmiy şartnomaga, Özbekiston-Çexiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasiga 20 yil töldi.

Şu munosabat bilan Termiz davlat universitetida “Zaratuştradan Çingizxongaça” nomli körgazma taşkil etildi. Unda Çexiya Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Vatslav Yilek, Özbekiston-Xitoy xalqaro ekspeditsiyasining sodirektori Ma Jiyan, Özbekiston-Fransiya xalqaro ekspeditsiyasining sodirektori Per Leriş, Özbekiston-Çexiya xalqaro ekspeditsiyasining sodirektori Ladislav Stanço, TerDU öquv işlari böyiça prorektori Rasul Törayev, yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektor Obid Şofiyev professorlar Şopölat Şaydullayev, Sayfulla Tursunov va köplab tarixçi olimlar iştirok etişdi.

Ta’kidlaş joizki, mazkur xalqaro ekspeditsiya iş boşlagan kezlari yirik loyihalarni amalga oşirişni közlagan va bugun olimlar ana şu maqsadlariga erişdi. Masalan, Şerobod vohasining arxeologik yodgorliklarining xaritasi yaratildi, vohada joylaşgan har bir yodgorlikning arxeologiya pasporti tuzildi. Bu töğrisida Praga şahrida monografiya ham çop etildi.

Xuddi şunday Boysun, Jarqörğondagi arxeologiya yodgorliklarida ham salmoqli işlar olib borilganini köriş mumkin. Köhitangtoğ yon bağrilarida joylaşgan 9 ta, ilgari noma’lum bölgan bronza davriga, 14 ta ilk temir davriga oid yodgorliklar kaşf etildi. Xalqaro körgazmada sözga çiqqanlar tomonidan şuningdek, Aleksandr Makedonskiy va Yunon Baqtriya davriga oid, ilgari fanda noma’lum bölgan Iskandartepa, Dahna-i Jom, Qapçiğay, Darband kabi yodgorliklar kaşf etilib, 500 dan oşiq numizmatik manbalar töplangani va pul munosabatlar tarixi örganilgani haqida töxtalib ötildi.

“Termiz davlat universiteti Özbekiston-Çexiya xalqaro ekspeditsiyasini olib borişda yaqindan yordam berib keladi. Professor Şopölat Şaydullayev bilan birgalikda biz mana şu ekspeditsiyasiga rahbarlik qilib kelmoqdamiz. Meni quvontirgan jihat, bu surxondaryolik olimlarning tarixiy yodgorliklarni örganişga bölgan qiziqişidir. Xalqaro hamkorlikda köplab ilmiy-ommabop maqolalar, monografiyalar çop etildi. Öylaymanki, bizning samarali hamkorligimiz davomida biz hali yana köplab yutuqlarga erişamiz”, — deydi, Özbekiston-Çexiya xalqaro ekspeditsiyasining sodirektori Ladislav Stanço.














