O‘zbekiston | 10:08 / 22.04.2021
32626
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni 400ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 400ga yaqin holatda koronavirus qayd etilib, yana antirekord yangilangani haqida xabar berdi.

«2021 yil 21 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87935 (+384) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Shu tariqa, kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2021 yilning eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etildi. Bundan avvalgi antirekord 18 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 342 kishida COVID-19 tasdiqlangandi.

So‘nggi bir kunda Toshkent shahrida 200dan ortiq, Samarqand viloyatida 73 kishida koronavirus aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 73 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 54 nafari Toshkent viloyatida,
  • 207 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar,
  • Buxoro viloyatida 3 nafar,
  • Jizzax viloyatida 12 nafar,
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Samarqand viloyatida 54 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 5 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 27 nafar,
  • Toshkent shahrida 176 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 85007 (+290) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni 2288 nafarga yetgan, shundan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid