Özbekistonda koronavirusga çaliniş holatlari ösişi davom etmoqda. SSV matbuot xizmati yoz örtalaridan buyon ilk bor mamlakatning barça hududlarida yangi holatlar qayd etilganini xabar qildi.

«2022 yil 1 dekabr holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 159 nafarni taşkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallaniş holatlarining:

  • 7 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 12 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Qaşqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 12 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 12 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farğona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 19 nafari Toşkent viloyatida,
  • 64 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

Ma’lumot uçun, noyabr oyi oxirida Özbekistonda koronavirusga çaliniş holatlari ösa boşladi. 25 noyabr kuni iyun oyidan buyon kunlik kasallaniş holatlari soni ilk bor 100 dan oşib, 124 kişiga kasallaniş taşxisi qöyildi. Keyingi kunlarda faqat kötariliş kuzatilmoqda, 29 noyabr kuni 141, 30 noyabr kuni 154 kişida kasallik aniqlangandi.