Özbekistonda koronavirusga çaliniş holatlari ösişi davom etmoqda. Soğliqni saqlaş vazirligi sönggi bir kunda Özbekistonda koronavirusga çalingan bemorlar soni 160 nafardan oşgani haqida xabar qildi.
«2022 yil 3 dekabr holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 162 nafarni taşkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Bu Özbekistonda 21 fevraldan buyon eng yuqori kunlik körsatkiç hisoblanadi, öşanda 175 ta yangi holat qayd etilgandi.
Yangi kasallaniş holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida
- 1 nafari Andijon viloyatida
- 7 nafari Buxoro viloyatida
- 4 nafari Jizzax viloyatida
- 1 nafari Navoiy viloyatida
- 10 nafari Namangan viloyatida
- 10 nafari Samarqand viloyatida
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida
- 7 nafari Farğona viloyatida
- 6 nafari Xorazm viloyatida
- 20 nafari Toşkent viloyatida
- 89 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Ma’lumot uçun, noyabr oyi oxirida Özbekistonda koronavirusga çaliniş holatlari ösa boşladi. 25 noyabr kuni iyun oyidan buyon kunlik kasallaniş holatlari soni ilk bor 100 dan oşib, 124 kişiga kasallaniş taşxisi qöyildi. Keyingi kunlarda faqat kötariliş kuzatilmoqda, 1 dekabr kuni 159, 2 dekabr kuni 156 kişida kasallik aniqlangandi.














