Özbekistonda koronavirusga çaliniş bilan boğliq kunlik körsatkiçlar soni yana ortdi. Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkent şahrining özida kasallanganlar 100 nafardan oşgani haqida xabar berdi.
«2022 yil 6 dekabr holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 157 nafarni taşkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallaniş holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 1 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Jizzax viloyatida,
- 1 nafari Navoiy viloyatida,
- 7 nafari Namangan viloyatida,
- 7 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 6 nafari Farğona viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 20 nafari Toşkent viloyatida,
- 106 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
5 dekabr kuni 120 kişiga koronavirusdan kasallaniş taşxisi qöyilgandi. 4 dekabrda 153 kişida, 3 dekabrda esa 162 kişida koronavirus aniqlangan.














