Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Ot pasporti” berilishi va otlarga aloqador maxsus laboratoriyalar tashkil etilishi mumkin
Foto: Pinterest
“Ot pasporti”ni berish tartibi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Hujjat bilan otlar yolining jun tolasidan DNK test tahlilini o‘tkazadigan laboratoriya va Qorabayir zotli otlarni kelib chiqish ishonchliligini genetik tahlil qilish va sertifikatlash laboratoriyasi tashkil etilishi nazarda tutilgan. Ular uchun zamonaviy jihozlarni xorijdan xarid qilinadi hamda mazkur laboratoriyalarda ishlaydigan mutaxassislarni chet ellarda qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinadi.
Belgilanishicha, ot pasportiga ega bo‘lmagan otlardan naslchilikda, milliy va klassik ot sporti o‘yinlarining barcha turlarida ishtirok etishga, ippodrom, ot sporti klublarida va maktablarida, xizmatda foydalanishga, vaqtincha xorijga chiqib-kirishga, “Kim oshdi” auksion savdolarida ishtirok etishga, ko‘rgazmalarda qatnashishga hamda oldi-sotdi qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha toifadagi sub'yektlar qaramog‘idagi boqib parvarish qilinayotgan naslli va sport otlarini “Ot pasporti” bilan ta'minlash choralarini ko‘rishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda
17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
18:21 / 13.08.2024