Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Chegara bilmas shifokorlar" Somaliga qaytmoqda
Foto: AFP
"Chegara bilmas shifokorlar" xalqaro insonparvarlik tashkiloti Somalida faoliyatini to‘xtatgandan 3 yil o‘tib yana bu mamlakatga qaytmoqchiligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi.
Tashkilot Somalini 2013 yilda tark etgandi. Ungacha MSF bu mamlakatda 22 yil ishlagan. Tashkilotda ma'lum qilinishicha, tashkilot faoliyatining to‘xtatilishi uning xodimlari xavfsizligi yomonlashgani bilan bog‘liq bo‘lgan.
Somali respublikasi 1991 yilda Siad Barre diktatorlik tuzumi qulagandan keyin yaxlit davlat sifatida mavjud bo‘lmay qo‘ygan. Xalqaro hamjamiyat mamlakat poytaxti Mogadisho va uning atrofidagi bir qator tumanlarni nazorat qiluvchi federal hukumatni yagona qonuniy hokimiyat deb tan oladi. Somalining qolgan qismlari tan olinmagan tuzilmalar tomonidan nazorat qilinadi yoki o‘zini boshqaruvchi hududlar hisoblanadi. Mamlakatning janubi va shimolidagi ba'zi tumanlarda mahalliy klanlar va radikal harakatlar hukmronlik qiladi.
Mavzuga oid
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
14:56 / 27.11.2025
Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
14:56 / 14.03.2025
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
16:24 / 06.02.2025