Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Somali Federativ Respublikasining Özbekistondagi birinçi elçisi Fatxudin Ali Mohamedni qabul qildi.
Uçraşuv çoğida elçi Fatxudin Ali Mohamed özining işonç yorliqlarini topşirdi. TIV rahbari uşbu voqeani ikki davlat örtasidagi diplomatik munosabatlar rivojida muhim qadam sifatida qayd etdi.
Baxtiyor Saidov özining Telegram-kanalidagi xabarda Somalining Özbekistondagi birinçi elçisi işonç yorliqlarini topşirgani, muloqot çoğida mamlakatlar örtasidagi köplab istiqbolli yönalişlarda özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaşga tayyorlik bildirilganini ta’kidladi.
Uçraşuv yakunida elçi Fatxudin Ali Mohamedga mas’uliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi. Tomonlar özaro işonç va özaro manfaatli şeriklik ruhida samarali va natijaga yönaltirilgan hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldi.













